Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizda qiymati 65,2 trillion so’mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Respublikada qurilish ishlarining eng katta hajmi, ya’ni 20,5% Toshkent shahriga to’g’ri keladi. O’tgan davrda 13,4 trillion so’mlik qurilish ishlari yakunlandi, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan o’sish sur’ati 100,7 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, boshqa hududlarga nisbatan ko’proq qurilish ishlari Toshkent (7,1%) va Buxoro (6,2%) viloyatlarida amalga oshirildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko’ra Toshkent shahrida qurilish va kapital ta’mirlash sohasida ishlaydigan korxona va tashkilotlar soni 7,9 mingtaga yetdi. O’sish o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 mingtani tashkil etdi.
Qurilishdagi ulushi:
– binolar va inshootlar – 49,9%;
– ixtisoslashtirilgan qurilish loyihalari – 45,8%;
– fuqarolik ob’ektlari – 4,3%.